Bag‘dod tumanida erkak Katta Farg‘ona kanaliga cho‘milish maqsadida tushib, cho‘kib ketdi. Uning jasadi oradan 3 kun o‘tib kanalning O‘zbekiston tumanidan o‘tgan qismida topildi.
Jahon tillari universitetining 20 yoshli talabasi Bo‘rijar kanalida cho‘kib vafot etdi. U kursdoshlari bilan cho‘milmoqchi bo‘lgan, biroq suv oqimi tezligi hamda sovuq bo‘lgani oqibatida oqib ketgan.
Karmana tumanidagi 30-maktabning 6-sinf o‘quvchisi cho‘kib ketib vafot etdi. Holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Oltinko‘l tumanidan o‘tgan Katta Farg‘ona kanaliga cho‘milish maqsadida borgani aytilayotgan 20 yoshli yigit cho‘kib ketib vafot etdi. Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar prokuraturaga yuborilgan.
Shanba kuni Kattaqo‘rg‘on suv omborida qayiq ag‘darilib ketishi oqibatida 7 nafar yigitdan 4 nafari cho‘kib ketdi. Hozirgacha bir yigitning murdasi topilgan, qolganlari qidirilmoqda. Holatga yigitlarning fotosuratga tushish maqsadida tartibsiz harakatlar qilgani sabab bo‘lgan.
Namanganda Katta Andijon kanali, Qoradaryo va Sirdaryo daryolarida cho‘kib ketgan 4 kishi — ikki nafar bola va ikki nafar erkak qidirilmoqda.
Uychi tumanida talaba yigit Norin daryosida cho‘milishga borib, cho‘kib ketgani aytilmoqda. Hozirda viloyat FVB tomonidan qiduruv ishlari olib borilmoqda.
Yangiyo‘l shahrida 16 yoshli maktab o‘quvchisi Jo‘n kanaliga cho‘kib ketdi. Uning jasadi oradan bir kun o‘tib topildi.
25-may kuni Qo‘shtepa tumanida maktab bitiruvchisi Katta Farg‘ona kanalida cho‘kib ketgandi. Uning jasadi oradan 9 kun o‘tib kanalning Oltiariq tumanidan oqib o‘tuvchi qismidan topildi.
25-may kuni Qo‘shtepa tumanida maktab bitiruvchisi Katta Farg‘ona kanalida cho‘kib ketdi. Uning jasadi oradan 5 kun o‘tsa ham topilmagan. Qutqaruv otryadi voqea joyida qidiruv ishlarini davom ettirmoqda.
Qarshi tumanining Mirmiron qishlog‘i fuqarolari kanalda bir necha kun avval bedarak yo‘qolgan 2007 yilda tug‘ilgan bolaning jasadini ko‘rib qolib, suvdan olib chiqdi. Hozirda tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv boshladi, tegishli ekspertiza tayinlandi.
8 iyun kuni Urgut tumanidan o‘tuvchi Zarafshon daryosining kanaliga 16 yoshli bola tushib ketishi oqibatida vafot etdi. Uning murdasi oradan 8 kun o‘tib boshqa kanal qirg‘og‘idan topildi. Ota-onasi da’vosi yo‘qligi hamda qarshi bo‘lgani uchun tibbiy ekspertiza o‘tkazilmadi, jinoyat ishi ham qo‘zg‘atilmadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting